ARSHI AʼLO

ARSHI AʼLO (arab, arsh — taxt, aʼlo — buyuk) — buyuk taxt. Islom aqidasiga koʻra, Arsh Yer, osmonlar, yulduzlar va Kursiydan ham katta hajmdagi mavjudot. Alloh yaratgan barcha narsadan u buyuk va kattadir. Qurʼoni Karim oyatlarida Arshi aʼlo toʻgʻrisida 23 joyda bayon etiladi. Mas. «Hud» surasining 7-oyatida: «Alloh shunday (buyuk va kudratli) zotdurkim, Yeru osmonlarni olti kunda yaratdi, holbuki Uning Arshi suv ustida edi», deyiladi. Islom taʼlimoti boʻyicha Arsh va b. buyuk mavjudotlarni yaratishdan Allohning maqsadi ulardan Oʻzi yoki boshqalar foydalanishi yoxud ularga ehtiyoji borligi uchun emas, balki Oʻzining qudrat va imkoniyati na qadar cheksiz ekanligini namoyon etishdir. Baʼzi notoʻgʻri aqida egalari, Arsh Allohning taxti, unda makon tutib oʻtiradi, deb xatoga ketadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x