OGAHIY

OGAHIY (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislariningsuhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-y. da amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy meh-nat bilan mashgʻul bir paytda otdan yi-qilib, oyogʻi «shakarlang» (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-y. dan miroblik va-zifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.

Ogahiy xalqorasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — «Taʼviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tu-mori», 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muxam-mas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musam-man, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chis-ton, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. De-vonga «Ashʼori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi marka-zida ishq mavzui turadi.

Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab oʻtolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, gʻoyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheʼriyatida ishq — iymon, eʼtikrd, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oʻy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlan-tiruvchi kuch. O. devonida zamon va za-mondoshlari tasviri ham katta oʻrin egallagan. Shoir oʻzi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baqo berganda, insonpar-varlik, xalqparvarlik nuqtayi nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yonda-shib, ularni tako-millashtirgan: oʻzi-gacha boʻlgan 7—8, 10—12 baytli Fa-zal yozish tartibini 23 baytgacha yetkaz-gan, mustazod janrining qoʻsh orttir-ma misrali yangi shaklini kashf etgan: Ey yor, sango ushbu jahon bogʻi aro gul bir oshiqi hayron, diydoriga shaydo, Bir shuyftadur kokili mushkulinga sumbul ham holi parishon, ham boshida savdo.

Shoir aruzning juda koʻp bahrlaridan foydalangan. Uning gʻazallari «Shashmaqom»ning hamma kuylariga tushadi, X-razm xalq ohanglariga mos keladi.

Ogahiy «Riyoz uddavla» («Saltanat boglari», 1844), «Zubdat uttavorix» («Tarixlar qaymogʻi», 1845 — 46), «Jomeʼ ul-voqeoti sultoniy» («Sul-tonlik voqealarini jamlovchi», 1857), «Gulshani davlat» («Davlat gul-shani», 1865), «Shohidi iqbol» («Iqbol guvohi», 1872) va b. tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimquli-xon (1843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55), Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim II (1864—1910) qukmronligi davrida Xorazmda yashagan oʻzbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va b. tarixiy voqealar aks etgan.

Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi b-n sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiya-siga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning «Qasidai nasihat» asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat b-n idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalpar-var boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim. U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yal-qovliqdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz O. ning davlatni bosh-qarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-a. Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir. Ogahiy «Ravzat us-safo» (Mirxond), «Tarixi jahonkushoyi Nodiriy» (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), «Badoeʼ ul-vaqoeʼ» (3. Vosifiy), «Miftoh ut-tolibin» (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), «Tabaqoti Akbarshohiy» (Muhammad Muqim Hirotiy), «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad Yusuf Munshiy), «Ravzat us-safoyi Nosiriy» (Rizoqulixon Hidoyat), «Axloqi Muhsiniy» (Koshifip), «Qobusnoma», «Zubdat ul-hikoyot», «Sharhi daloil ulhayrat» (Muhammad Voris), «Guliston» (Saʼdiy), «Yusuf va Zulayho» (Jomiy), «Shoh va gado» (Hiloliy), «Haft paykar» (Nizomiy) va b. tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy «Haft paykar»ni nasriy yoʻl b-n, «Guliston»ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. «Yusuf va Zulayho» hamda «Shoh va gado» dostonlarini esa baytmabayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijo-diy tarjima namunasini yaratgan. «Miftoh ut-tolibin» (inv. №8473), «Ravzat us-safoyi Nosiriy» (D-125), «Tabaqoti Akbarshohiy» (TNS—106), «Tazkirai Muqimxoniy» (TNS—105), «Firdavs ul-iqbol» (S— 571), «Shohi-di iqbol» (S—572), «Yusuf va Zulayho» (TNS—117), «Taʼviz uloshi-qin» asarlarining qoʻlyozma nusxalari Toshkent, Dushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. «Zafarnoma» (Ali Yaz-diy), «Bahoriston», «Salomon va Ibsol» (Jomiy), «Hasht behisht» (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining Ogahiy tarji-masi hanuzgacha topilmagan.

«Taʼviz ul-oshiqin» Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905—09). Oʻzbekistonda koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va b. muassasalarga Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida Ogahiy bogʻi tashkil etilib, shoirning uymuzeyi ochilgan; muzey oldida Ogahiyga haykal oʻrnatilgan.

As: Taʼviz ul-oshiqin, T., 1960; Asarlar [6-jildli], T., 1971—80; Ishq ahlining tumori. Tanlangan asarlar, T., 1999.

Ad.: Munirov K,., Ogahiy ilmiy va adabiy faoliyati, T, 1959; Zohidov V., oʻzbek adabiyoti tarixidan, T., 1961; Majidiy P., Ogahiy lirikasi, T., 1963; Abdullayev V., oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-nashr, 2-kitob, T., 1967; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 jildli], 4-j., T., 1978; Abdugʻafurov A., Muhammad Rizo Ogahiy, T., 1999; Maʼnavi-yat yulduzlari, T., 2001.

Nusrat Jumayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x