RANG AJRATA OLMASLIK

RANG AJRATA OLMASLIK, daltonizm — odam koʻzining qisman rang ajrata olmasligi, irsiy nuqson. Yosh bolalarda uchraydigan kasallik; atrofmuhitdagi ranglarni koʻz toʻr pardasining kolbachasimon hujayralari sezadi. Ular ranglarni sezuvchi 3 ta har xil element boʻlib, har biri 3 ta asosiy rangning (qizil, koʻk yoki binafsha) faqat bittasini sezadi. Shu 3 rangdan qaysi birini sezadigan element boʻlmasa, odam oʻsha rangni koʻrmaydi.

Rang ajrata olmaslik tugʻma yoki hayot davrida orttirilgan boʻlishi mumkin. Tugʻma Rang ajrata olmaslik daltonizm deb atalib (ingliz olimi Dalton uni mufassal tasvirlab bergan), asosan, erkaklarda uchraydi. Bunda bemor qizil hamda yashil ranglarni ajrata olmaydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik kamroq uchraydi. Ranglarni butunlay koʻrmaslik Rang ajrata olmaslik yoki monoxromaziya deyiladi. Bunda rang-barang dunyo bir xidda kulrang boʻlib tuyuladi. Daltonizm nasldannaslga (Mas, otadan qizi orqali oʻgʻil nabirasiga) oʻtadi.

Hayotda orttirilgan Rang ajrata olmaslik koʻz va markaziy nerv sistemasining baʼzi kasalliklari (oʻsma, shikastlar, glaukoma, koʻrish nervi atrofiyasi)da roʻy berib, bunga uchchala rangni sezishning pasayishi yoki butunlay yoʻqolishi sabab boʻladi.

Hayotda orttirilgan Rang ajrata olmaslikni oʻz vaqtida davolab, ranglarni ajratishni tiklash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x