OVRING

OVRING — Tojikistonning togʻlik hududlarida tik togʻ yon bagʻirlaridan oʻtgan tor yoʻllarning ilmiy adabiyotda qabul qilingan nomi. Ovring qoyalarni oʻyib, mustahkam qoziklar ustiga shox-shabbalar toʻshab ishlanadi. Oʻtib boʻlmaydigan joylarga osma koʻpriklar quriladi. Tik silliq qoyaga baland zinapoyalar osib qoʻyiladi. Baʼzan qoyaning tepasiga katta qoziqlar qoqiladi, pishiq novdalardan eshilgan arqon halqa shu krziklarga osiladi. Arqon xalqalarning pastki uchiga gʻoʻlalar yotqiziladi. Kishilar ana shu gʻoʻlalar ustidan yuradi. Ovringlar, asosan, piyoda yurishga moʻljallangan. Baʼzi qismlarida eshak-otlarda oʻtsa ham boʻladi. Ovringlarni tepadan tushgan suv, toshlar va qor koʻchkilari ishdan chiqaradi. Shugʻnon va Rushonda Ovring marja (marza), parin (parind), Yagʻnobda ra-faq deyiladi. Togʻlarda katta yoʻllar qurilishi munosabati bilan Ovring oʻz ahami-yatini tobora yoʻqotmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x