OBCHAK SVITASI

OBCHAK SVITASIFargʻona vodiysining shim. da neogen yotqiziklari tarkibidagi stratigrafik birlik. Geolog olim M. N. Gramm tomonidan aniqlangan. Obchak svitasi qizgʻish-qoʻngʻir, kizil va toʻq qoʻngʻir alevritli gil, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Umumiy qalinligi 400 m (Norin) dan 600 m (Varziq)gacha. Konglomerat va qumtoshlar tarkibidan, asosan, paleozoy choʻkindi-metamorfik jinslarining siniq (donacha)lari uchraydi. Obchak svitasi Moylisoy svitasi ustida yotadi, uning yoshi tarkibida saklangan chuchuk suv joni-vorlaridan ostrakoda va gastropoda hamda suvoʻt qoldiqlari asosida aniqlangan. Obchak svitasi stratigrafik ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x