RADIOGRAFIYA

RADIOGRAFIYA (radio… va…grafiya) — ionlovchi nurlaniitk fotografiya usulida hisobga olib obyektlarni tekshirish usuli; ionlovchi nurlanishning fotokatlamga taʼsir qilishi natijasida hosil boʻlgan tasvir. Nurlanish turiga qarab, a, r, v P.ra boʻlinadi. Zaryadlangan zarra fotoqatlamga tushib, fotoemulsiya tarkibiga kiruvchi kumush bromidni ionlaydi va uning donachalarida yashirin tasvir markazlari hosil boʻladi. Fotoplyonka ochiltirilganda uning taʼsir qilgan joyida emulsiyaning qorayganligi («treklar» hosil boʻlishi) koʻrinadi.

Radiografiya usulida bir qancha radiokimyoviy masalalar: radioaktiv izotoplarni identifikatsiyalash (taqqoslash), ularning konsentratsiyasini aniqlash, yarim yemirilish davrini va preparatning radiokimyoviy chastotalarini belgilash, namuna sirtida radioaktiv izotoplarning taqsimlanish tasvirini hosil qilish (avtoradiografiya) kabi masalalarni xal etish mumkin. Shu bilan birga, bunda radiofizikada qoʻllaniladigan qalin qatlamli plastinkalar va maxsus emulsiyalarni ishlatish mumkin.

Nurlanish intensivligini aniqlashning yana bir usulida tekshirilayotgan namuna nurlanishi taʼsirida emulsiyaning qorayish darajasi maʼlum faollikdagi preparat (etalonna taqqoslanadi. Bunda ayrim treklarga eʼtibor berilmaydi. Bu usulning biri kontrast Radiografiya deyiladi (bunda tasvir ayrim uchastkalarining qorayishi taqqoslanadi) va u namunada, gammadefektoskopiya va b. da faollikning taqsimlanish manzaralarini hosil qilish uchun qoʻllaniladi. Radiografiya geologiyada minerallarning radioaktivligini tekshirishda, biologiyada obyektlardagi radioaktiv moddalarning tarqalashini oʻrganishda, texnikada gammadefektoskopiya va b. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x