OGʻIZ HIDLANISHI

OGʻIZ HIDLANISHI — ayrim kasalliklarning belgisi. Koʻpincha tish, milk, burun-halqum, qiziloʻngach, meʼda va oʻpka kasalliklarida kuzatiladi. Baʼzan Ogʻiz hidlanishi qandli diabet, nefrit va ichki aʼzolarning boshqa kasalliklari belgisi boʻlishi ham mumkin. Tish eliksiri va losyonlar yordamida Ogʻiz hidlanishini vaqtincha yoʻqotsa boʻladi, lekin, albatta, mutaxassis vrachga murojat etish lozim.

Od. ning oldini olish ovqatdan keyin ogʻizni chayish, tish va tish protezlarini tozalab yuvib turish (q. Tish), shuningdek, ogʻiz boʻshligʻini sogʻlom saqlash, tish vrachi koʻrsatmalariga puxta amal qilish, meʼda-ichak kasalliklarini oʻz vaqtida davolatishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x