OGʻA MIRAK

OGʻA MIRAK Isfahoniy (16-a.) — naqqosh, musavvir; Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Kamoliddin Behzodntg shogirdi. Ogʻa Mirak yaratgan moʻjaz asarlar mujassamotining uygʻunligi, nafisligi, qismlarining nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Asarlari Rossiya milliy kutubxonasi («Ikki ajdar olishuvi»), Londondagi Britaniya muzeyiMajnun hayvonlar orasida») va b. toʻplamlarda saklanadi. Nizomiyning «Xamsa» asarining 1520-y. da koʻchirilgan qoʻlyozmasiga 5 ta hamda 1539 —43 y. larda koʻchirilgan qoʻlyozma-siga moʻjaz rasmlar ishlagan.

OFA RIZO (? — 1616) — musavvir. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Mashhadda, Isfahonda (shoh Abbos saroyida, 1585 — 1600) ishlagan. Miniatyura, ayniqsa, portretlarida mukammallik va qayotiylikka erishgan; miniatyura sanʼ-atiga grafik usulni olib kirgan. Ogʻa Mirak asarlari Chester Bitti, Dublin («Shohnoma»), Parij milliy kutubxonalarida va xususiy toʻplamlarda saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x