JAMOA — kishilarning qad. uyushuv shakli. Bunda i. ch. vositalari hammaning mulki hisoblangan. Jamoa tamoman yoki qisman oʻzini-oʻzi boshqargan. Urugʻ, oila, xonadon, qishloq (qoʻshnichilik) Jamoa lari mavjud boʻlganligi maʼlum.
Rossiyada Jamoa tor tabaqaviy birlik (1861-y. gi dehqonlar islohotidan keyin yer egasi) boʻlib, oʻlpon yigʻishda undan vosita sifatida foydalanilgan. Keng maʼnoda Jamoa nomi boshqa tarixiy birliklarga nisbatan ham qoʻllaniladi (maye, diniy Jamoa, dehqonchilik J. si).