RUMB

RUMB (ing. rhumb — aylanma harakat) — dunyo tomonlari (gʻarb, sharq, shimol va janub)ga nisbatan koʻrinma ufq nuqtalariga qaragan yoʻnalish yoki shunday 2 yoʻnalish orasidagi burchak. Navigatsiyaia kemalar, samolyotlar va b. yoʻlini yoki mayoq, burun va h. k. ga tomon yoʻnalishni, meteorologiyada shamol yoʻnalishini, okeanografiyada dengiz oqimlari, toʻlqinlari va muzlarning suzib yurishi yoʻnalishini belgilash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiyasida koʻrinma ufq aylanasi 32 Rumbga (ikki Rumb orasidagi burchak 1G15ʻga teng), meteorologiyada hamma ufq 16 Rumbga boʻlinadi. Bundagi shimol, sharq, gʻarb va janub yoʻnalishiga mos kelgan Rumb bosh R. lar deyilib, lot. N, Ye, W, S harflar bilan belgilanadi. Geodezshda biror belgilangan yoʻnalishning geografik meridian bilan hosil qilgan va 0 dan 90° gacha boʻlgan burchagi ham Rumb deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x