DIPLOMATIK AKT — davlatlar oʻrtasida olib borilgan diplomatik muzokara yoki maxsus konferensiya karori. Diplomatik akt shartnoma, bitim, pakt, konvensiya, protokol, deklaratsiya, ustav, statut kabi turli nomlar bilan atalishiga qaramay, yagona yuridik ahamiyatga ega. Diplomatik aktning keng tarqalgan shakli — sulh, oʻzaro yordam va savdo toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalardir. Bayonot, memorandum ham Diplomatik akt hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые