OCHOA (Ochoa) Severo (1905.24.9, Lu-arka, Ispaniya — 1993.11.1, Madras) — amerikalik biokimyogar, AQSH milliy FA aʼzosi (1957), tibbiyot dri. Madrid un-tini tugatgan (1929). 1940-y. dan AQSHda. Ilmiy faoliyati nuklein kislotalar (NK) biokimyosi, fotosintez mexanizmiga oid. Ochoa genetik kodning maʼnosini ochib berib, NK bio-sintezi mexanizmini oʻrgangan.
Polinukleotidfosforilaza fermentini ajratib olib tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1959, Kornberg bilan birga).