RUDALARNI BOYITISH

RUDALARNI BOYITISH — foydali minerallarni keraksiz togʻ jinslari (qum, ohaktosh va b.)dan tozalash. Maxsus sexlar va boyitish fabrikalarida bajariladi. Tabiiy rudalardan bevosita foydali komponentlarni ajratib olish koʻpincha iqtisodiy samara bermaydi va aksari hollarda texnik jixatdan mumkin emas. Shuning uchun metallurgiya, kimyo va b. sanoat jarayonlari foydali komponentlar bilan boyitilgan maxsus mahsulotlar — konsentratlar ni qayta ishlashga asoslangan. Mas, qoʻrgʻoshin rudasidagi qoʻrgʻoshin 1,5% ni tashkil etishi mumkin, metallurgiya sharoitida eritish uchun esa rudadagi qoʻrgʻoshin miqdori 3070% boʻlishi zarur va h. k. R. b. natijasida ruda konsentrat va deyarli keraksiz togʻ jinslaridan iborat chiqindiga ajraladi. Rudalarni boyitish foydali komponentlar miqdori (konsentratsiyasi) undan bir necha yuz barobargacha ortadi. Mas, tarkibida 0,1% molibden boʻlgan ruda boyitilib, 50 foizli konsentrat olinadi.

Rudalarni boyitishda avval ruda maʼlum darajada maydalanadi, saralanadi, fizik-kimyoviy jihatdan boyitiladi. Fizikkimyoviy boyitishning gravitatsion, magnit, elektrostatik, qizdirish, flotatsion hamda maydayirikligi, shakli boʻyicha saralash va b. usullari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x