OTOSKOPIYA (oto… va yun. skopeo — koʻraman, koʻzdan kechiraman) — tashqi eshituv yoʻli va quloq pardasini koʻzdan kechirish usuli. Otoskopiyada quloqqa kiritiladigan maxsus voronkalar, peshonaga tutiladigan reflektor (oʻrtasi teshik koʻzgu) va yorugʻlik manbaidan foydalaniladi. Diagnostika maqsadida muolajalar va operatsiyalar qilishda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые