ROMANOVSKIY Gennadiy Danilovich (1830.30.7 — Peterburg — 1906.5.5) — rus geologi. Oʻrta Osiyo geologiyasining ilk tadqiqotchilaridan. 1874-y. Oʻrta Osiyoga kelib, I. V. Mushketov bilan birga Oʻrta Osiyoning geologik tuzilishini oʻrgangan, stratigrafiyasini tavsiflagan. Kumir konlari bu yerda yura davriga mansubligini aniqladi. Fargʻona vodiysida neft konlari bilan birga rudali foydali qazilmalar ham mavjudligi haqida fikr bildirdi. Romanovskiyning Oʻrta Osiyo geologiyasiga tegishli tadqiqotlari «Turkistonning geologiyasiga oid materiallar» asarida yoritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые