DIAZOMETAN

DIAZOMETAN, CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish t-rasi — 145°, qaynash t-rasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. Diazometanni ilk bor 1894-y. da nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor taʼsir ettirib olgan. Karbon kislotalar va b. organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x