NEOLOGIZMLAR

NEOLOGIZMLAR (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. Neologizmlarning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina se-zilib turadi: vaqt oʻtgach, ular «yangilik» xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Mac, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing, qayta qurish, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoq-da. Tildagi umumiy Neologizmlar bilan bir qatorda individualuslubiy yoki okkazional Neologizmlar ham mavjud. Bunday Neologizmlar mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslu-biy talab asosida yaratiladi.

Neologizmlar ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x