RIMAN Georg Fridrix Bernxard (1826.17.9, Quyi Saksoniya — 1866.20.7, Italiya) — nemis matematigi, fizikada nisbiylik nazariyasi vujudga kelishiga zamin yaratib bergan olim; mat. da kompleks oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyasini rivojlantirdi va unda geometrik usullarni takomillashtirdi. Riman sirtlari nomli tushunchani fanga kiritdi. Sonlar nazariyasida fundamental natijalarga erishdi. Rimanning toʻplamlar nazariyasi va haqiqiy oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyasi yaratilishida xizmati katta. Riman topologiyaning asosiy gʻoyalarini ilgari surdi. Riman integrali tushunchasi toʻplamlar va haqiqiy oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyalarida katta rol oʻynaydi. Riman asarlari 19 va 20-a. lar matematikasining koʻpgina sohalari rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые