ORIPOV Toxir Fotixovich

ORIPOV Toxir Fotixovich (1945.7.9, Toshkent) — biofizika va ekologiya sohasidagi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), Biologiya fanlari dri (1988), prof. (1990). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo in-tida lab. mudiri (1975-y. dan), Oʻzbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi (1992—93), rais muovini (1993—94), raisi (1995 — 97), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1994-95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslaxatchisi (1997), Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1997-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari oqsil moddalarning biomembranalar b-n taʼsirlanish biospektroskopiyasiga oid. Oripov rahbarligida sitotoksinlarning biologik membranalar modeli bilan taʼsirlanish mexanizmi, sitotoksin molekulalarning shakli, oʻlchami, ularning fosfolipidli membranalarda joylashishi, lipid va suv fazalarida taqsimlanish qonuniyatlari, gossipol va gossipol modifikatsiyalarining strukturasi aniqlangan. Tioninni ajratib olish texnologiyasi va uning taʼsiri muammolari tadqiq qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x