NEYROXIRURGIYA

NEYROXIRURGIYA — xirurgiyanshg bir boʻlimi. Nerv sistemasi kasalliklari va jarohatlarini xirurgik yoʻl b-n davolash metodlarini oʻrganadi va amalda qoʻllaydi. Neyroxirurgiya neyroonkologiya, neyrotravmatologiya, neyroangiologiya, markaziy nerv sistemasining tugʻ-ma nuqsonlari va infeksion-yalligʻlanish jarayonida krladigan asoratlar xirurgiyasi, steretoksik Neyroxirurgiya, epilepsiya va kuchli ogʻriq xirurgiyasi kabi boʻlimlardan iborat. Bosh va orqa miyani operatsiya qilish yuzasidan olib bo-rilgan koʻp yillik izlanish va uri-nishlar tufayli 20-a. boshlarida Neyroxirurgiya mustaqil fan sifatida shakllandi. Fiziologiya, nevrologiya, rentgenologiya, patomorfologiya, biokimyo, anesteziologiya, terapiya va b. fan yutuqlari Neyroxirurgiyaning rivojlanishiga imkon berdi. Neyroxirurgiya Burdenko Moskvada, A. L. Polenov Leningradda, A. I. Arutyunov Kiyevda Neyroxirurgiya in-tini tashkil etishda raqbarlik qildilar (hoz. in-t shu olimlar nomi bilan ataladi). Keyinchalik boshqa shaharlardagi klinikalarda ham Neyroxirurgiya boʻlimlari ochildi.

Dastlab Oʻzbekistonda Neyroxirurgiya boʻlimi Travmatologiya va ortopediya i. t. in-ti, 1963-y. Samarqand viloyat kasalxonasi (1950) (S. D. Madiyorov, A. M. Mamadaliyev) tarkibida tashkil qilindi. 1968-y. dan respublikaning barcha viloyat kasalxonalarida, jumladan, Toshkentda Onkologiya va radiologiya i. t. in-tida Neyroxirurgiya boʻlimi (M. H. Krriyev) fao-liyat koʻrsata boshladi. 1969 i. 17-sha-har kasalxonasida (A. S. Mirsodiqov), Andijon viloyat kasalxonasida (M D. Doʻstmurodov) Neyroxirurgiya boʻlimlari tashkil topdi. Keyinchalik bu boʻlimlar tib-biyot in-tlarida tashkil qilingan. Neyroxirurgiya kafedralari va kurslarning oʻquv ba-zasi boʻlib qoldi. Neyroxirurgik yordamni rejali ravishda bajarish maqsadida 1983-y. Respublika Neyroxirurgiya markazi ochildi, keyinchalik u Respublika i. t. markaziga aylantirildi (1997).

Respublikada Neyroxirurgiya fani rivojlanishida M. M. Maksudov, M. H. Qoriyev, A. S. Mirsodiqov, S. A. Madiyorov, M. D. Doʻstmurodov, A. M. Mamadaliyev va b. ning munosib xizmatlari bor. 1975-y. dan Respublikaning barcha tibbiyot in-tlarida yuqori kurs talabalariga Neyroxirurgiya fani oʻqitila boshlandi. Respublikaning shahar va viloyat mutaxassislarni tayyorlash, asosan, neyroxirurgiya ilmiy markazida, tibbiyot in-tlarining neyroxirurgiya kafedralari va kurslarida olib boriladi.

Ixtisoslashgan neyroxirurgik mar-kazlar tashkil etilishi bosh miya oʻsmalari, markaziy nerv sistemasining tugʻma nuqsonlari va yalligʻlanish kasalliklarini davolashda yaxshi nati-jalarga erishishga, Neyroxirurgiyada miya va orka miya tomirlari xirurgiyasi (neyroangiologiya), stereotaksis kabi yangi boʻlimlar tashkil etishga imkon berdi. Neyroxirurgiya dagi hoz. muhim yoʻnalishlardan biri bosh miyada kon aylanishi va mi-yada energiya almashinuvi fiziologiyasi va patologiyasini oʻrganishdir. Ope-rativ texnikaning rivojlanishi (elektroxirurgiyaning tatbiq etilishi hamda kalla ichi bosimini pasaytirishga yordam beradigan turli preparat va metodlarning qoʻllanilishi), diagnostika usullarining takomillashishi, shuningdek, Neyroxirurgiya amaliyotida ogʻriqsizlantirish va reanimatsiya metodlarining joriy etilishi Neyroxirurgiyada muhim ahamiyat kasb etdi. Hoz. tomirlarni operatsiya qilish usuli ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

Neyroxirurgiya sohasida fizika, elektronika, kibernetika, radiologiya va b. tabiiy fanlarning yutuqlaridan foydalanilishi endilikda glial oʻsmalar, kalla suyagi va miyaning ogʻir shikastlari, epilepsiyani davolash imkonini beradi. Markaziy nerv sistemasining murakkab funksiyalarini oʻrganish sohasidagi Neyroxirurgiya yutuqlari nevropatologiya, psixiatriya, neyrofiziologiya, psixologiya kabi fanlarni boyitmoqda.

Ad.: Sosin I. I., Kariyev M. X., Fizioterapiya v xirurgii,travmatologii i neyroxirurgii, T., 1994; Mirsodiqov A. S, Mirsodiqov D. A., Bolalar neyroxirurgiyasi, T., 2002.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x