REEKSPORT (re… va lot. exporto — chiqaraman) — ilgari mamlakatga chet eldan keltirilgan tovarlar (asosan, xom ashyo)ni ishlov bermay yoki qisman ishlov bergan holda chetga chiqarish. Xalqaro savdoda qoʻllaniladi. Koʻpincha paxta tolasi, jun, teri, kauchuk, neft va boshqalar Reeksport qilinadi.