JINOYATDA ISHTIROKCHILIK

JINOYATDA ISHTIROKCHILIK — ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi. Jinoyatda ishtirokchilikning bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi turlari bor. Jinoyatni bevosita sodir etgan shaxc — bajaruvchi, jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxc — tashkilotchi, jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxc — dalolatchi, jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashgan, shuningdek, jinoyatchini jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxc — yordamchi hisoblanadi. Jinoyatda ishtirokchilik oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi, 2 yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi — oddiy ishtirokchilik, oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi — murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilik nafaqat tugallangan jinoyatda, balki shu bilan birga jinoyatga tayyorgarlikda va jinoyat qilishga qasd etishda ham namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi JKda jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi, Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari uchun qoʻllaniladigan jazo belgilab berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x