DENGIZ KASALLIGI

DENGIZ KASALLIGIkema chay qalganda roʻy beradigan kasallik holati. Samolyotda uchganda, poyezd va avtomobilda ketayotganda, liftda tez tushganda, argʻimchoqsa tez uchganda va b. hollarda ham Dengiz kasalligiga xos belgilar paydo boʻladi. Dengiz kasalligida bemorning koʻngli aynib qusadi, rangi oʻchadi, koʻp terlaydi, boshi aylanib ogʻriydi, darmonsizlanadi, nafas olishi va tomir urishi sustlashadi, hushdan ketish, depressiya holati kuzatiladi. Odatda, kema chayqalishdan toʻxtagach, barcha holatlar tezda yoʻqolib ketadi. Koʻpchilik kishilar transport vositasida harakat yoʻnalishiga teskari oʻtirib qolganlarida ham yuqoridagi holatlar kuzatilishi mumkin.

Dengiz kasalligida ichki quloqning vestibulyar apparati taʼsirlanadi. Dengiz kasalligining paydo boʻlishi va avj olishida nerv sistemasining holati ham maʼlum ahamiyat kasb etadi, koʻproq qiziqqon kishilar va nevrasteniyaga moyil ayollarda kuzatiladi. Baʼzi yoʻlovchilarda kemaga oʻtirishi bilan kasallik belgilari roʻy beradi yoki aksincha kemada biror kor-hol roʻy berishi haqida ogohlantirilganda ham kasallik bel-gilari yoʻqolib, kishi sergaklanadi. Kemada ketayotganda ochiq havodan koʻproq bahramand boʻlish, biror narsa bilan mashgʻul boʻlish, nordon konfet yoki vitamin shimish Dengiz kasalligining oldini olishda yaxshi foyda beradi. Chayqalishga chidamsiz boʻlgan kishilar kemaning oʻrtaroq joyida (chunki bu joyda chayqalish nisbatan kuchsiz boʻladi) boshni orqaga egiltirib oʻtirishlari tavsiya etiladi. Dengiz kasalligiga xos belgilar paydo boʻlishi bilan nerv sistemasini tinchlantiradigan doriaeron qabul qilish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x