NARZULLAYEV

NARZULLAYEV Normurod (taxallusi Narziy) (1934.7.7, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000). Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi (1984). Oxunboboyev nomidagi Qarshi ped. bilim yurti (1948), Samarqand pedagogika in-tining til va adabiyot f-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari (1974), shu uyushmada kotib (1976—81), «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir (1981), «Kamalak» nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri (1991— 96), shu nashriyot direktori (1996—97). Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari «Kamolot» jamgʻarmasining «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazida bosh muqarrir (1997-y. dan).

Ijodiy faoliyati 1954-y. dan boshlangan. Ilk sheʼriy toʻplami — «Suyunchi» (1965). Narzullayev «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufklarda koʻzlarim» (1973), «Lahza va larza» (1973), «Yogʻdu» (1974), «Nigohlar» (1976), «Sevgi sehri» (1981), «Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Anik vaqt» (1989), «Qalbim qatralari» (1994), «Oq farishtam, oppoq farishtam» (1995) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. «Amir Temur haqida qoʻshiq» asari tarixiy mavzuga bagʻishlangan.

Narzullayevning bolalarga atab yozgan «Vatan seni erkalab» (1966), «Shamol ushlagan bola» (1985), «Bosh maydon» (1990) asarlari bolalar dunyosi, ularning begubor olami hakida. Narzullayev asarlarida zamon va makon birligi, dunyo va davr tushunchasi ulugʻlanadi, yuksak fuqarolik, samimiyat, burchga sadoqat, vatanga muhabbat, jonajon oʻlka tabiatiga maftunkorlik tuygʻulari yetakchi oʻrinni egallaydi. Narzullayevning koʻp sheʼrlari Koʻshiqqa aylangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1998).

As: Saylanma [2 j. li], 1981—85; Yurt ishqida yonaman, T., 1996; Bola koʻzi bilan koʻring dunyoni, T., 1998; Xalqim, sen bilan qalbim, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x