NYAYa (sanskritcha — mantiq) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etadigan) tizimlardan biri. Hind faylasufi Gotama (taxm. mil. av. 2-a. — mil. 2-a.) asos solgan. Nyaya markazida bilish nazariyasi va mantiq masalalari turadi. Mantiqiy xulosa chiqarishning 5 qismli usulini ishlab chiqqan. Nyayaning mantiqiy realiz-mi uni vaysheshika atomistik taʼli-moti bilan yaqinlashib, birlashishga olib kelgan. Buddizm bilish nazariyasi (madxyamika) ning skeptitsizmiga karshi chiqqan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые