DAROMADLARNI INDEKSLASH

DAROMADLARNI INDEKSLASH, daromadlar indeksatsiyasi — isteʼmol buyumlari narxlari darajasiga muvofiq turli aholi toifalarining nominal daromadlari (ish haqi, nafaqa, stipendiya, pensiya va b.)ni davlat tomonidan muntazam oshirish; aholini inflyatsiyadan ijtimoiy himoyalash tadbirlaridan biri. Narx-navo indeksi tirikchilik uchun zarur tovarlar majmui — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor tovarlari, xizmatlar boʻyicha hisoblanadi (qimmatbaho buyumlar, avtomashina, billur va b. nodir tovarlarga qilinadigan xarajatlar bu hisobga kirmaydi). Birinchi navbatda eng kam daromad oluvchi va daromadi belgili boʻlgan aholi toifalari daromadlari indekslanadi.

Oʻzbekistonda bozor islohotlariga oʻtish davrining dastlabki bosqichida (1991—96) hukumat aholini bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyalash davlat dasturini ishlab chiqdi va amaliyotga joriy eta boshladi. Unga koʻra, aholi turmush tarzining pasayib ketishi oldini olish maqsadi-da 1992— 95 y. larda har yili 4-martadan, 1996— 98 y. larda har yili 2-martadan Daromadlarni indekslash oʻtkazildi, daromadlar 20 — 50% gacha indeksatsiya qilindi. Oʻzbekistonda ish haqi tarif tizimi orqali tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi toʻlashning yagona razryadlari belgilangan. Narxlar oʻsishi bilan minimal ish haqida darajasi (1-razryad) xamda barcha razryadlar ular oʻrtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Mac, 2001-y. 1 avg. dan boshlab ish haqining minimal darajasi 3430 soʻm qilib belgilandi. Daromadlarni indekslash mamlakatda inflyatsiya surʼatlari 20% gacha boʻlgan taqdirdagina Samara berishi mumkin.

Sadir Salimov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x