ODRA

ODRA, Oder (chex va polyakcha Odra; nem. Oder) — Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Sharqiy Sudet togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. Odraga Nisa-Lujiska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino sh. gacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 891 km, havzasining mayd. 149 ming km2 ga yaqin. Nisa-Lujiska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 580 m3/sek, maksimali 3000 m3/ sek. Dengiz yiliga 16 km3 suv keltiradi. Bahorda sersuv. Qish sovuq kelgan yillari muzlaydi. Odraning qu-yilish joyidan Kozle sh. gacha yirik kemalar qatnaydi. Elba va Visla da-ryolari bilan kanallar orqali tutashgan. Odra boʻyida Ostrava, Opole, Vroslav, Shchetsin, FrankfurtOder sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x