ANTITEZIS

ANTITEZIS (yun. antithesis — tezisga zid) — mantiqda, xususan, isbotlash nazariyasida dastlabki asosiy fikrga zid bayon qilingan mulohaza. Antitezisda teskari fikr toʻgʻri deb faraz qilinadi va isbotlashda qoʻllaniladi (q. Isbot). Falsafada Antitezis dialektik taraqqiyot jarayonining muayyan bir bosqichi, avvalgi asosiy holatning (tezisning) oʻz-oʻzidan inkor etilishi. Ammo Antitezis mutlaq inkor emas, balki u tezisning maʼlum bir tomonini inkor etib, uning ijobiy mazmunini oʻzida saqlaydi va taraqqiyotni yuqoriroq bosqichga koʻtaradi. Bu bosqich inkorni inkor yoki sintez deb ataladi. Antitezis uch bosqichli rivojlanish (triada)ning tarkibiy qismi sifatida birinchi marta Gegel tomonidan talqin qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x