NOKTYURN

NOKTYURN (frans. nocturne — tungi) — 1) 18-a. Yevropada, asosan, puflama yoki torli va puflama sozlar ansambllari uchun kechki ochiq havoda ijro etiladigan syuita shaklidagi kichik pyesalar turkumi (Mas, V. Motsart, Y. Gaydn asarlari);

2) 19-a. dan kuychan, lirik xarakterdagi, koʻpincha tun ob-razi va sokinligi bilan yoʻgʻrilgan musiqa asari. Sekin yoki oʻrtacha surʼatda boʻlib, oʻrta qismi jonliroq. Noktyurnning ilk namunasi fortepiano uchun J. Fild (Angliya) tomonidan yaratilgan, F. Shopen ijodida yetuk badiiy rivoj topgan. Noktyurn ayrim cholgʻular, shuningdek, ansambl (A. Borodinning 2-torli kvartetidagi Noktyurn), orkestr (Mas, K. De-byussining Noktyurn lari) uchun ham yozilgan. Noktyurn baʼzan vokal musiqada ham uchraydi (J. Rossini, M. Glinka va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlov-skiyning «Lola» Fargona syuitasida, G. Mushelning «Kashmir afsonasi» ba-letidagi Noktyurn ; X. Izomov, B. Zeydman, S. Varelaslarning fortepiano pyesalari, I. Akbarov, M. Yusupovlarning vokal asarlaridan Noktyurn va uning xususi-yatlaridagi lavhalar oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x