JIDDA

JIDDA — Saudiya Arabistonidagi shahar. Aholisi 1,2 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Qizil dengiz boʻyidagi port. Xalqaro aeroport bor.

Hijoz viloyatining yirik savdo va sanoat markazi. Marmarga ishlov beriladi. Neftni qayta ishlash, neftkimyo, sement, mebel, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari; poʻlat quyish, ehtiyot qismlardan avtomobil yigʻish va kema remonti, qogʻoz, yogʻ-moy z-dlari bor. Har xil diniy marosim buyumlari tayyorlab sotiladi. Jidda Makka va Madinaga ziyoratga boruvchilar yoʻlidagi tranzit punkt. Un-t (1967) bor. Jidda 1946-y. gacha kichik savdo shahri boʻlgan. Jidda tashqaridan keltiriladigan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Yangi zamonaviy turar joylar, keng koʻchalar, bogʻlar, sanoat inshootlari barpo etilgan. Hoz. vaqtda Jidda mamlakatning diplomatiya ishlari va elchixonalar joylashgan markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x