NOVGOROD VILOYATI

NOVGOROD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1944-y. 5-iyulda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining shim.-gʻarbida joylashgan. Shim.-Gʻarbiy iqtisodiy r-n tarkibida. Mayd. 55,3 ming km2. Axoliyey 728,7 ming kishi (2000), asosan ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va b. millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 71,2%. 21 maʼmuriy tuman, 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi — Novgorod sh.

Novgorod viloyati relyefiga koʻra, tekislik (gʻarbiy) va baland (sharqiy) qismlarga boʻlinadi. Gʻarbiy qismi Ilmen boʻyi pasttekisligi bilan band. Jan.-sharqida Valday qirlari (eng baland joyi — Rijoxa togʻi, 299 m) joylashgan. Iklimi moʻtadil kontinental. Qishi yum-shoq, qorli. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 7°, iyulniki 16°. Yozi moʻtadil issiq. Yillik yogʻin 800 mm gacha. Vegetatsiya davri 120—130 kun. Yirik daryolari: Meta, Lovat, Polist, Shelon. Ilmen koʻlidan Volxov daryosi boshlanib Ladoga kuliga quyiladi. Koʻl koʻp. Tuproqlari, asosan, chimli-podzol, shim,gʻarbida botqoqlangan tuproklar. Viloyat hududining 50% oʻrmon, 7% oʻtloq, 11% torfli botqoqzor. Yovvoyi hayvonlardan los, tulki, qunduz, norka, sassiqkoʻzan, suvsar, tiyin, quyon, boʻri bor. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp.

Mashinasozlik va metallsozlik (rangli televizorlar, videomagnitofonlar, televizion sistemalar, optik priborlar, yogʻochsozlik stanoklari, avtomatlashtirish vositalari va b.), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz (mebel, qogʻoz, fanera va b.), oziq-ovqat (sutgoʻsht, konserva, konditer), kimyo (mineral oʻgʻitlar, metanol va b.), yengil (shu jumladan, zigʻirga ishlov berish) sanoatlari, xalq hunarmandchiligi — kashtachilik («Krestes strochka» f-kasi) rivojlangan. Viloyatning, eng yirik korxonalari: «Akron», «Kvant», «Planeta», «Start», «Volna», «Spektr», (hammasi Novgorod sh. da); Borovichidagi oʻtga chidamli qurilish materiallari k-ti, Staraya Russadagi «Starorusspribor» aviaremont z-dlari. Q. x. da zigʻirchilik va goʻsht-sut chor-vachiligi asosiy oʻrinda. Bugʻdoy, jav-dar, suli, tolali zigʻir, kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. 1149 km t. y., 6 ming km ga yaqin avtomobil yoʻli, 700 km suv yoʻli bor. Volxov, Meta daryolari va Ilmen, Valday koʻllarida kema qatnaydi. 2 oliy oʻquv yurti, jamoat kutubxonalari, 7 muzey, drama teatri faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyat hududida Staraya Russa balneobalchiq kurorti, sanato-riylar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x