JEYMS (James) Joys [1882.2.2, Dublin (Irlandiya) — 1941.13.1, Parij] — ingliz yozuvchisi. «Dublinliklar» (1914) hikoyalar toʻplami, «Rassomning yoshlikdagi portreti» (1916), «Uliss» (1922), «Finnegancha maʼraka» (1939) romanlarining muallifi. Jeyms soʻnggi ikki roman b-n roman janrini isloh qildi va 20-a. ning atoqli yozuvchisi, modernizmning asoschilaridan biri boʻlib qoldi. Uning bu asarlari oʻz tuzilishi bilan anʼanaviy romanlardan farqlanadi, ular nutq shakllari va hikoya qilish usuli muntazam oʻzgarib turishi, afsonalar va tarixiy voqealarga murojaat qilinishi bilan ichki tarhi murakkab kayerni eslatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые