OTAJONBOY MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Madrasa murakkab tarxli (19,9×17,25 m). Peshtogʻi jan. ga qaragan. 2 qanoti guldasta bilan bezatilgan. Peshtoq orqali gumbazli miyonsaroyga kiriladi. Kichik hovli (5,65*11,0 m) atrofi hujralar bilan oʻralgan. Masjid gumbaz tomli, bagʻali qalqonsimon. Bagʻali va jan. devordagi mehrobga muqarnaslar ishlangan. Hujralar balxi gumbazli. 1970 — 80 y. larda taʼmirlangan. Amaliy sanʼ-at ustaxonasi joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые