ANDIJONSOY

ANDIJONSOYAndijon viloyatidagi kanal. Umumiy uz. 76,7 km, suv oʻtkazish imkoniyati 45,0 m3/sek. Kanal Andijon suv omboridan suv oladi va Katta Fargʻona kanaliga tashlama bilan tugaydi. Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Andijon, Oltinkoʻl tumanlaridagi ekinzorni suv bilan taʼminlaydi, shuningdek kanal Andijon shahridan oʻtib, biokimyo z-dini va shaharning koʻkalamzor yerlarini suv bilan taʼminlashga ham xizmat qiladi. Andijonsoydan Ishkol, Joʻraboy, Dehqon, Yangi Koʻtarma, Qatortol, Koʻk Gumbaz, Xoʻtan, Qoʻshariq, Derivatsiya kabi 10 ga yaqin katta-kichik kanallar va 30 ga yaqin mayda dahanalar suv oladi. Andijonsoyda 6 ta yirik suv taqsimlash inshootlari qurilgan (ulardan 3 tasi telemexanika vositalari b-n jihozlangan). Andijonsoydan Andijon tumanidagi va viloyatning boshqa sharqiygʻarbiy tumanlaridagi, shuningdek Yomonadir mavzeidagi ekinzorlarga nasoslar yordamida suv chyqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x