REZERFORD

REZERFORD (Rutherford) Ernst (1871.30.8, Braytuoter, Yangi Zelandiya — 1937.19.10, Kembrij) — ingliz fizigi; radioaktivlik va atomning tuzilishi toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1903-y. dan). Rezerford 1907 — 19 y. lar Manchester, 1919-y. dan Kembrij un-ti prof. va bir vaqtning oʻzida Kavendish lab. direktori. Rezerford 1903-y. da F. Soddi bilan birgalikda radioaktiv yemirilish nazariyasini yaratdi va bir element atomining boshka element atomiga aylanishini isbotlab berdi. 1911-y. da atomning Quyosh sistemasiga oʻxshash planetar modelini yaratdi. Shu modelga asoslanib 1913-y. da N Bor atom tuzilishining kvant nazariyasini va spektrlar nazariyasini yaratdi. 1919-y. da azotni kislorodga aylantirgan birinchi sunʼiy yadro reaksiyasini amalga oshirdi; bu bilan hozirgi zamon yadro fizikasiga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab Rezerford atom yadrolarini tezkor zarralar taʼsirida sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirish masalalari bilan shugʻullana boshladi. 1921-y. da u neytral zarralar — neytronlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi fikrni oʻrtaga tashladi. 1932-y. da Rezerfordning shogirdi J. Chedvik neytroni kashf qildi.

Rezerford koʻpgina fiziklar (G. Mozli, J. Chedvik, J. D. Kokroft, M. L. E. Olifant, N. Bor, X. Geyger, O. Gan, P. L. AGyapitsa va b.)ni tarbiyalab yetishtirdi. Nobel mukofoti laureati (1908).

Ad.: Rezerford — uchyonыy i uchitel, M., 1973; Bekjonov R., Xoliqov A., Atom dunyosiga «darcha» ochgan olim [Ernest Rezerford], T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x