DOR ul-FANO (arab. — oʻtkinchi uy) — islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo) «foniy» (oʻtkinchi) ekanligini bildiruvchi tushuncha. Unga koʻra, bu dunyo yaxshi va ezgu amallar, savob ishlar qiladigan joy. Dor ul-fano ul-f. da dor ul-baqo uchun tayyorgarlik koʻriladi. Tasavvufda «fano filloh», yaʼni Alloh yoʻlida oʻzini foniy hisoblash maqomi qayd etilgan. Bunda bu dunyoga befarq qarash, dunyo lazzatlaridan voz kechish kabi xususiyatlar koʻzda tutiladi. Bu dunyoni Dor ul-fano ulf. deb atash 9 — 10-a. larda malomatiylar tariqatida ayniqsa keng rasm boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые