JUMAYEV

JUMAYEV Tavur (1918.6.11, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Buxoro teatri direktori oʻrinbosari (1947—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1949—54, 1970—72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954—57), Oʻzbek davlat estradasi (1961—63), Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti (1974—83) direktori, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi oʻquv yurtlari va kadrlar boshqarmasi boshligʻi (1972—74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eshittirish va telekoʻrsatuvlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x