NATRIY SULFAT

NATRIY SULFAT — sulfat kislotaning natriyli tuzi. Na2SO4, rangsiz modda, achchiqroq; suyuklanish t-rasi 32,4°, suvda oz eriydi (100° da massa jihatdan 29,7%). Tabiatda tenardit va mirabilit minerali koʻrinishida uchraydi. Koʻpchilik tuzlar (Mas, Li2SO4, K2SO4) bilan qattiq eritma va b. sulfatlar bilan qoʻsh tuzlar hosil qiladi. Bularning ayrimlari Na2SO4-MgSO4 – 4N2O (astraxanit), Na2SO4 (glauberit), Na2SO4-2K2SO4 (glazerit), 2Na2SO4 Na2CO3 (berkeit) tabiatda uchraydi. Natriy sulfat shisha, sulfatli sellyuloza i. ch. da, toʻqimachilik sanoatida, sovun va charm i. ch. da, rangli metallurgiyada, tibbiyotda (surgi sifatida) va veterinariyada ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x