OLOT TUMANI

OLOT TUMANIBuxoro viloyatidagi tuman. 1943-y. 14 fev. da tashkil etilgan. 1960-y. Qorakoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-y. 26 dek. da qayta tashkil etilgan. 1983-y. dan yana Qorakoʻl tuman i tarkibida. 1989y. dan Olot tumani yana aloxida tuman maqo-miga ega boʻldi. Buxoro viloyatining jan.-gʻarbida joylashgan. Jan., jan.-sharqdan Qashqadaryo viloyati, jan.-gʻarbdan eng katta masofada (75 km) Turkmanistonning Lebap viloyati (Amudaryo orqali), shim.-gʻarb va shim.-sharqtomondan Buxoro viloyatining Jondor, Qo-rakoʻl, Buxoro, Qorovulbozor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,22 ming km2. Axrlisi 77,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Olot), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Bahoriston, Guliston, Denov, Jumabozor, Kirlishon, Paxtakor, Soyinqorovul, Tolqonsayot, Chandir, Chorbogʻ) bor. Markazi — Olot sh.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining eng quyi qismida, Qorakoʻl deltasidagi tekislikda joylashgan. Relyefida keskinlik kam. Fa-qat Dengizkoʻl rayonida Dengizkoʻl botigʻi (160 m) va Dengizkoʻl platosi oʻrtasidagi balandliklar farqlanadi (Jilliqoya — 302 m, Somontepa — 280 m). Tumanning 10% ga yaqin maydoni oʻzlashtirilgan vohadan iborat, qolgan qismi qumli, gipsli, gilli, shoʻrxok choʻllardir, 100 ga yaqin qoldiq koʻl bor. Ulardan eng kattalari — Dengizkoʻl, Somonkoʻl, Qorongʻikoʻl, Shoʻrkoʻl, Xoʻjamsayod, Qaragʻanjida va 6. Qorakoʻl daryosining quyi oqimi va sobiq Mo-xondaryo oʻzani, asosan, tekislikdan iborat. Tuproqlari oʻtloqi boʻz, qum-loq boʻz, taqir boʻz tuproklardir, jan. da shoʻrxoklar katta maydonni egallaydi. Yer osti sizot suvlari ancha yaqin. Tuman hududida 132 qudukdan foydalanilmoqda. Yirik gidrotexnika in-shootlari va nasos stansiyalari mavjud. Tuman hududi orqali Amu-Buxoro, Amu-Qorakoʻl kanallari oʻtadi. Foydali qazilmalardan Oʻrtabuloq va Olotda tabiiy gaz, qoldiq koʻllarda tuz, qurilish materiallari zaxirasi katta. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 0,4°, eng past t-ra —24°, iyulning oʻrtacha t-rasi 29,3°, eng yuqori t-ra 46°. Vegetatsiya davri 205 kun. Yillik yogʻin 120—125 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, qandim, bahorda rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmokli qoʻshoyoq, ingichka barmokli yumronqoziq, malla yumronqoziq, sugʻur, sassiqkoʻzan, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, choʻl mushugi, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar va b. bor. Qumli choʻllarning tipik tabiiy komplekslarini qoʻriqlash va boyitish maqsadida tuman hududida 1971-y. da Qorakoʻl qoʻriqxonasi tashkil etildi. Qoʻriqxonada 200 ga yaqin oʻsimlik turi (shundan 30 ga yaqin daraxt va butalar) bor. Qoʻriqxonadagi suv havzalari (kanallar, koʻllar)da 30 ga yaqin baliq turi yashaydi. Sudraluvchilarning 30 xili, qushlarning 170 turi, sut emizuvchilarning 30 ga yaqin turi bor. Jumladan, qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli, qum quyoni, qobon va b. koʻpaytirilmokda.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 24,2 kishi (2003). Shahar aholisi 11,5 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman q. x. asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik ham rivojlanmoqda. Sugoriladigan yerlar 19,5 ming ga. Tumanda 8 yirik sanoat korxonasi mavjud. Shulardan Oʻzbekiston — Shveysariya—Germaniya qoʻshma korxonasida paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmokda. Hunarmandchilik tarmoklari bor. 2 ta avtoxoʻjalik ishlab turibdi. Oʻrmon xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 14 shirkat xoʻjaligi, 800 dan ortiq fer-merlar xoʻjaligi mavjud. «Olot» shirkat xoʻjaligi qoʻychilikka ixtisoslashtirilgan. Tuman shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 36,9 ming qoramol, 87,9 ming qoʻy va echki, 36,2 ming parranda boqiladi (2003).

Tuman markazi Oʻrta Osiyo t. y. tarmoklari bilan bogʻlangan. Buxoro—Olot yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Avtoyoʻllarning uz. 251 km.

2002/2003 oʻquv yilida 35 ta umumiy taʼlim maktabida 19,7 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Olot q. x. kolleji (653 talaba), muzey, 38 kutubxona, 19 klub, madaniyat va istirohat bogʻi bor.

Tumanda markaziy kasalxona, bir necha feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Ularda 205 malakali tibbiy xodim xizmat qiladi. 1998-y. dan «Olot hayoti» gaz. chop etilmoqda (adadi 1000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x