DISKRETLIK (lot. discretus — ajra-tilgan, uzlukli) — 1) muayyan hodisa, jarayon, tizim va B. ning uzlukliligi, uziluvchanligi; uzluksizlikka qaramaqarshi qoʻyiladi. Mas, fizika va kimyoda Diskretlik material tuzilishining donadorligini, atomlardan iboratligini bildiradi. Fan tarixi va ijtimoiy hayot D. bilan uzluksizlikning birbiriga qaramaqarshiligini emas, balki uygʻunligini, bir-biriga bogʻliqligini ham tasdikdaydi (q. Uzluksizlik va uzluklilik); 2)matematikada — butun sonlar tizimi haqiqiy sonlar tizimiga nisbatan uzlukli (diskret) hisoblanadi (q. Uzluksizlik funksiyasi). Mas, agar nuqtalar toʻplami limit nuqtaga ega boʻlmasa, bunday toʻplam Diskretlik xossasiga ega hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые