YUKKA — piyozgullilarga mansub koʻp yillik daraxtsimon oʻsimliklar turkumi. Yukkaning 50 turi maʼlum. Markaziy Amerika va Shim. Amerikaning jan. qismida yovvoyi holda oʻsadi. Ipsimon Yukka (V. §1opo8a) turi ekiladi. Ayrim turlari 800-yilgacha yashaydi. Poyasi yogʻochsimon, bal. 6—12 m. Ingichka, dagʻal barglar yigʻindisi (rozetka)dan iborat. Gulbandi 2 m, gacha, toʻpguli roʻvaksimon, gullari yirik, oq, mevasi 6 uyali chanoq, chetdan changlanadi. Tuproq tanlamaydi. Asosan, manzarali oʻsimlik sifatida parklarda, botanika bogʻlarida ekiladi. Bargidan arqon, dagʻal matolar tayyorlashda ishlatiladigan tola olinadi, ayrim turlarining gullaridan salat tayyorlanadi. Yukka bahorda ildizini boʻlish orqali yoki koʻchatidan koʻpaytiriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые