DIPLOPIYA (yun.diplos — ikkita va ops — koʻz) — bir narsaning ustma-ust yoki yonma-yon turgan ikki narsadek boʻlib koʻrinishi. Koʻzni harakatlantiruvchi muskullarning qisman yoki toʻliq falajlanishidan kelib chiqadi. Koʻz kosasida shish paydo boʻlib, koʻz soqqasi boʻrtib chiqishidan ham Diplopiya vujudga keladi. Diplopiya murakkab oftalmologik asboblar orqali aniqlanadi va uni koʻz kasalliklari mutaxassisi (vrach-oftalmolog) davolaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые