JIRM, Jurm — Badaxshontdagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Fayzobod (Afgʻoniston)dan 30 km jan.-sharqda joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, qadimda J. Golan deb atalib, Badaxshondagi qalʼalar ichida eng yirigi boʻlgan. Tarixiy manbalar («Shohnoma») da ilk bor 5—6-a. larga oid voqealar munosabati bilan qayd etilgan. 9-a. da Jirm Balx viloyatining Tibetga boradigan sharqdagi eng chekka shaqri hisoblanib, uning jome macjidi boʻlgan. Arab geografi Yoqut Hamaviyning taʼkidlashicha, J. Badaxshonning bosh shahri boʻlgan. 10-a. da somoniylar davrida Jirmda zarbxona mavjud boʻlib, unda kumush tangalar zarb qilingan. 20-a. bo-shida Koʻkcha daryosining har ikki sohilida joylashgan Jirmning katta bozori va bir necha karvonsaroyi boʻlgan. Hozirda J. Afgʻoniston Badaxshonidagi keng tumanning maʼmuriy markazi hisoblanadi.
Ad.: Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.