JILO — metall (oltin, kumush, mis, bronza, temir) yoki yogʻoch buyumlar, ipak matolar yuzidagi yaltiroqlik. Buyumlar yuzini jilvir bilan ishqalash, sirtga maxsus moy surkash, mato (adras, atlas) ni kudunglash (kudung — toʻqmoqsimon asbob bilan urish) natijasida Jilo hosil qilinadi.