RAVSHANIYLAR HARAKATI — Boburiylar davlatidagi afgʻonlarning diniy qarshilik harakati (taxm. 1560 — 1638). Uni musulmonlarning ravshaniy degan mazhabi boshqargan (mazhab nomi uning asoschisi Boyazid Ansoriyning laqabi — Pir Ravshandan olingan). Katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ravshaniylar harakati boburiylarning harbiy qudratiga putur yetkazgan, afgʻon davlati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan va afgʻonlarning etnik jihatdan jipslashuviga yordam bergan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые