YORLAQAB BAXSHI Beknazar oʻgʻli (1888 — Zomin tumani — 1971) — oʻzbek dostonchisi. Dastlab Karapchi qishlogʻilik Omon baxshiga, soʻngra Soʻloq qishlogʻilik Xudoynazar shoirga shogird tushib, mohir dostonchi sifatida tanilgan. 1917—32 y. larda Fargʻona vodiysining tuman va qishloqlarida, Kirgʻizistonning Oʻsh viloyatida dostonchilik bilan shugʻullangan. 1932-y. Zominga qaytgan. 2jahon urushi yillarida yaratgan termalarida oʻzbek jangchilarining qaxramonligini madh etgan. «Bekobod», «Farhod qurilishi» kabi termalarida ulkan qurilishlar, oʻzbek xalqining ulugʻ yaratuvchilik mehnatini aks ettirgan. «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Intizor», «Hasanxon», «Murodxon», «Shirin bilan Shakar» kabi xalq dostonlarini mahorat b-n kuylagan. Yorlaqab baxshidan bir qancha anʼanaviy va zamonaviy termalar, «Alpomish», «Malikai ayyor», «Choryor» dostonlari yozib olingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые