JENNER Eduard (1749-1823) – ingliz vrachi, chin chechakka qarshi emlash usulining asoschisi. Sigir chechagi bilan ogʻrib tuzalgan sut sogʻuvchilar chin chechak b-n ogʻrimasligini aniqlagan. 1769-y. 14-mayda 8 yashar Jeyms Fips ismli bolaga sigir chechagini, bir yarim oydan keyin odam chechagini emlagan; bola chechak bilan ogʻrimagan. Bir necha oy va bir necha yildan keyin Fipsni yana qayta emlab chechakka qarshi emlash mumkinligini va juda yaxshi natija berishini isbotlagan. 1803-y. da Londonda chechakka qarshi emlash inti (Jenner in-ti) ochildi, Jenner umrining oxirigacha unga rahbarlik qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые