DUNKAN (Duncan) Aysedora (1878.27.5, San-Fransisko — 1927.14.9, Nissa) — amerikalik raqqosa. «Modern» rake maktabi asoschilaridan. Mumtoz raqs maktabini inkor qilgan va «erkin harakat»ni targʻib etgan. Yunon plastik harakatlaridan foydalangan, balet kiyimini yunonlarning ichki kiyimi — xiton bilan almashtirgan, oyoq yalang raqsga tushgan. 1921—24 y. lar Rossiyada yashagan va Moskvada shaxsiy studiyasini tashkil etgan. 1922-y. da S. Yeseninga. turmushga chiqib, sovet fuqaroligini qabul qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые