YEFREMOVA Klavdiya Grigoryevna

YEFREMOVA Klavdiya Grigoryevna (1916.7.11, Perovsk, hoz. Qiziloʻrda — 2000.12.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan artist (1943). 1936 — 41 y. larda Kirgʻiziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941—43 y. larda Prjevalsk teatrida, 1943—47 va 1951—52 y. larda Frunze (hoz. Bishkek) drama teatrida, 1952—2000-y. lar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari taʼsirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Marta («Baliqchining oʻgʻli»), Lyusya, Tanya, Valya («Sargardonlik yillari», «Tanya», «Irkutsk voqeasi»), Xolisxon («Paranji sirlari»), Chjou Fan-i («Tayfun»), Alina («Qashshoq qalb egasi»), Kolsova («Favqulodda elchi»), Eleyn Bendshal («Qonli sarob»), Mariya («Mariya»), Matitsa («Uchovlon») va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x