ROSSIYA FANLAR AKADEMIYASI

ROSSIYA FANLAR AKADEMIYASIRossiya Federatsiyasining oliy ilmiy muassasasi. 1991-y. taʼsis etilgan. Tarixi 1724-y. da tashkil etilgan Peterburg FAdan boshlanadi. 1917—25 y. larda Rossiya FA, 1925—91 y. larda SSSR Fanlar akademiyasi (oʻzbek olimlaridan O. Sodiqov akademiyaning haqiqiy aʼzosi, S. Yunusov, P. Habibullayev, E. Yusupov muxbir aʼzolari etib saylangan) deb nomlangan. Akademiya prezidiumi 1934-y. dan Moskvada. Oʻzini oʻzi boshqaradigan ilmiy tashkilot. Sobiq SSSR FA ning aʼzolari va yangi saylangan akad. lar Rossiya FAning aʼzolaridir. 440 dan ortiq haqiqiy, 600 dan ziyod muxbir aʼzosi, 120 dan ortiq xorijiy aʼzosi bor. Fan tarmoq va yoʻnalishlari boʻyicha 18 boʻlimi (mat. umumiy fizika va astronomiya; yadro fizikasi; energetikaning fizikatexnika masalalari; informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish; mashinasozlik, mexanika va boshkaruv jarayonlari masalalari; umumiy va texnik kimyo; noorganik materiallar fizikakimyosi va texnologiyasi; fiziologik faol birikmalar biokimyosi, biofizikasi va kimyosi; fiziologiya; umumiy biol. ; geol., geofizika, geokimyo va togʻkon fanlari; okeanologiya, atmosfera fizikasi va geogr. ; tarix; falsafa va huquq; iktisodiyot; jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar; adabiyot va til), mintaqaviy boʻlinmalari (Sibir, Ural, Uzoq Sharq) va ilmiy markazlari, 300 ga yaqin ilmiy muassasasi, 200 dan ziyod ilmiy kengash, I. t. floti bor. Ilmiy adabiyotlar nashr etadi. Ilmiy kadrlar tayyorlaydi. Olimlarning ilmiy ishlari uchun medallar va mukofotlar taʼsis etilgan. SSSR va Rossiya FAning akad. lari I. Ye. Tamm, I. M. Frank, P. A. Cherenkov, N. G. Basov, A. M. Proxorov, P. L. Kapitsa, N. N. Semyonov, I. P. Pavlov, A. I. Soljenitsin, M. A. Sholoxov, A. D. Saxarov, L. V. Kantorovich, J. I. Alfyorov, AAAbrikosov, V. A. Ginzburg turli davrlarda Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. Xalqaro ilmiy alokalar olib boradi. Prezidenta — Yu. S . Osipov (1991-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x